O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida Xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi

    Transport 30 Yanvar 2024 555

    Joriy yil 29-yanvarda Bryusselda Xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida hukumatlararo bitim tuzildi.

    Mazkur bitimni Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan «Evropa – Markaziy Osiyo: Transport bog‘liqligi» investitsiya forumi doirasida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda Estoniyaning yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili, elchi Aivo Orav imzoladi.

    Mazkur bitimning amalga oshirilishi avtomobil tashuvlarini rivojlantirish va geografiyasini kengaytirishga, yo‘nalishlarni diversifikatsiyalashga, shuningdek, ikki davlat milliy tashuvchilariga xalqaro avtomobil tashuvlarining barcha turlarini amalga oshirish imkonini beradi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.