Elchi mamlakatimizda investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlar haqida batafsil so‘zlab berdi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, neft-gaz va tog‘-kon sanoati, shuningdek, energetika, ta’lim va turizm kabi sohalarda Alberta provinsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Kris Rayan, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish va ular eksporti ustun ekani nuqtai nazaridan O‘zbekiston va Alberta iqtisodiyoti tuzilishi o‘xshashligini ta’kidladi. O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi, mol go‘shti yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, shuningdek, sug‘orishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish sohalariga alohida e’tibor qaratdi.
Alberta hududi mol go‘shti ishlab chiqarish va eksport qilish, qoramollar soni bo‘yicha Kanadada yetakchi hisoblanadi. Kris Rayanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mintaqa iste’mol bozorining asosiy ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi, shuningdek, jun ishlab chiqarish va qo‘zichoq qo‘ylarni ko‘paytirishni yuqori samara bilan tashkil qiladi. Bundan tashqari, Alberta Kanadaning asalarichilik bo‘yicha yetakchi provinsiyasi hisoblanadi.
Kanada tomoni bilan muzokaralar jarayonida Alberta sarmoyadorlarini O‘zbekistondagi gaz konlarini qidirish, qazib olish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga jalb qilish istiqbollari ham muhokama qilindi. Kris Rayan Alberta provinsiyasidan investorlarni O‘zbekistonning neft va gaz sanoatiga jalb qilishda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Unga ko‘ra, Alberta Kanadadagi neft, sintetika, tabiiy gaz va neft mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Alberta provinsiyasi vakili ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini o‘rganishga tayyorligini bildirdi.
O‘zaro manfaatlar mavjudligi, shuningdek, birgalikda ish olib borish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda, ushbu yo‘nalish madaniy va gumanitar aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
Kanada tomoni bilan suhbatda Alberta poytaxtining O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi ishtiroki muhokama qilindi. Kris Rayan provinsiyadagi kompaniyalar bilan turli infratuzilma turistik ob’ektlarini yaratish, poyezdlarni boshqarish va turizm xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Tashqi savdo vakilining ta’kidlashicha, turizm Alberta sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, hudud iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda, yillik tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 36 millionni, turizmdan kelib tushadigan daromad esa 8 milliard dollarni tashkil etadi.
Muloqot chog‘ida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida Toshkent va Edmontonni birodarlashgan shaharlar, deya e’lon qilish masalasi muhokama qilindi.
Elchixonadan ma’lum qilinishicha, Kanada tomoni O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining Alberta shahriga tashrifini tashkil etish va viloyatning shaharlarida bo‘lish dasturini ishlab chiqishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi. Savdo va investitsiya sohasidagi O‘zbekiston-Kanada kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha doimiy muloqotlarni olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Alberta Kanadaning g‘arbiy qismida joylashgan. Janubda Montana shtati bilan chegaradosh 10 ta viloyatidan biridir. Poytaxti – Edmonton shahri, eng yirik shahri esa Kalgari. Alberta hududi yalpi ichki mahsuloti 247 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Neft sanoati va qishloq xo‘jaligi, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida yuqori salohiyatga ega. Alberta provinsiyasi tabiiy gazni eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi, uni ishlab chiqarish bo‘yicha esa to‘rtinchi o‘rinda turadi.
O‘zbekiston va Kanadaning Alberta provinsiyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirmoqda
O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov Alberta (Kanada) provinsiyasining Iqtisodiy rivojlanish, savdo va turizm vazirligi Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kris Rayan bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Nukus shahriga ilk elektrobuslar oliib kelindi
- Navoiyda 1000 dollar evaziga IIOga ishga kiritib, “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
- Oʻzbekiston fuqarosi Zagrebdan ekstraditsiya qilindi
- Sil va oʻpka kasalliklariga sunʼiy intellekt yordamida tashxis qoʻyiladi
- Toshkent viloyatida qimmatbaho metall saqlangan 17,5 tonna qum va toshlar musodara qilindi
- Qirgʻizistonda yana qayta sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda ham sezildi
Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Prezidentimiz Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining yangi binosini borib koʻrdi
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar
- Yangi Toshkentning ilk energetika quvvatlari barpo etilmoqda
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
- Yanvar oyi pensiyalari qachon toʻlanadi?