Bu haqda 17-sentyabr kuni Kuba tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Havana–Boku–Toshkent shaklida videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilgan muzokaralarda Oʻzbekiston tomonidan sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdulla Azizov ishtirok etgan.
Xabarda Kubaning Biocen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va COVID-19ʻga chalingan yoshi katta bemorlardagi respirator simptomlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan Biomodulin T preparati har ikkala tomonning tibbiyot mutaxassislari tomonidan yuqori baholangani aytiladi.
Shu bilan birga, muzokaralarda BioCubaFarma kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqariluvchi Alpha 2B (Heberon) interferon rekombinanti, CIGB-258 peptidlari (Jusvinza) va Alpha 2B plus gamma (Heberferon) kabi dori vositalari haqida ham atroflicha soʻz borgan.
«3 soatdan ortiqroq davom etgan videokonferensiyada Kubaning Ozarboyjondagi tibbiy brigadasi rahbari doktor Dalsi Torres Avilaning COVID-19 bemorlarini davolashdagi tajribasi oʻrganildi.
Oʻzbekiston ekspertlari Kubaning taqdimotini yuqori baholab, ikki mamlakatning sogʻliqni saqlash va dori-darmon sohalaridagi hamkorligini chuqurlashtirishga qiziqish bildirishdi», – deyiladi Kuba TIV axborotida.