Oʻzbekiston va Oʻmon davlat xizmati uchun kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qiladi

    Oʻzbekiston diplomatik missiya rahbariyati Oʻmon mehnat vaziri Maxad Baavin bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

    Muloqot chogʻida Oʻmon tomoni yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, Oʻzbekiston-Oʻmon oʻrtasida munosabatlarning holati bilan tanishtirildi.

    Oʻzbekiston-Oʻmon aloqalarini rivojlantirish doirasida, jumladan davlat xizmati uchun kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish va ushbu yoʻnalishda tajriba almashish ikki tomonlama munosabatlar rivojida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

    Tomonlar soha mutaxassislarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish masalalari haqida ham fikr almashdilar.