Oʻzbekiston elchisi Abdusalom Xatamov Oʻmon investitsiya agentligi prezidenti Abdusalom al-Murshidiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Abdusalom al-Murshidiy muloqot avvalida yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, Oʻmonning Oʻzbekiston bilan aloqalarining mustahkamlanishida Investitsiya agentligining ham hissasi borligidan faxrlanishini bildirdi.
Toshkentda “Uzbek-Oman Investment Company LLC” kompaniyasining faoliyat yuritishi Oʻmonning Oʻzbekiston bilan ushbu jabhadagi aloqalarini taʼkidlaydi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Oʻmon investitsiya agentligi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish istiqbollariga eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Taʼkidlash kerakki, “Uzbek-Oman Investment Company LLC” hozirgi paytda Oʻzbekistonda 10 dan ortiq turli yoʻnalishlardagi loyihalarni amalga oshirib kelyapti.