Majlisda senatorlar oʻzbek va ozarbayjon xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini, madaniy-maʼnaviy qadriyatlar, anʼanalar hamda tarixning koʻp asrlik mushtarakligiga asoslanganligini alohida taʼkidladi.

Senatorlar ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan bitimlarni yuqori baholab, Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik ikki davlat armiyalarining mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash va salohiyatini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Shuningdek, ushbu Bitimlar Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan va harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-taʼlim sohasida, shuningdek, tomonlar manfaatlari kesishadigan boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi qayd etildi.

Senatorlarning fikricha, bitimlarning qabul qilinishi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga yangicha turtki beradi va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Qonunlar senatorlar tomonidan maʼqullandi.