Uchrashuv davomida Marek Klochko Oʻzbekistonning sanoat salohiyati, xorijiy investorlarni jalb etish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi va kimyo, toʻqimachilik, farmatsevtika, kosmetika sohalariga Polsha biznesining Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi yuqoriligini taʼkidladi.
Shuningdek, joriy yil mart aprel oylarida Polsha tadbirkorlar delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirilayotganligini va yuqoridagi sohalarga oid koʻrgazmalarda qatnashish istagini bildirdi.
Uchrashuv yakuni boʻyicha Oʻzbekiston–Polsha ishbilarmonlar kengashini tashkil etish hamda ushbu kengashning birinchi yigʻilishini 2024-yil sentyabr oyida kengaytirilgan tarkibda oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.