Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari J. Maxsudov ishtirok etdi.
Uchrashuv chogʻida ikki davlatlar oʻrtasida AKT sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlatlari oʻrtasida AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollarga ega boʻlishi taʼkidlandi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.