Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev hamda Qozogʻiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi qoʻmitasi raisi Talgat Lastayev rahbarligida boʻlib oʻtgan muzokaralarda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, kelishilgan yoʻnalishlarda muntazam aviaqatnovlar sonini koʻpaytirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.
Muzokaralar natijasiga koʻra tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha quyidagi kelishuvlarga erishdi:
- Ostona – Toshkent – Ostona hamda Olmaota – Toshkent – Olmaota yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish;
- Oʻzbekiston aviakompaniyalari muntazam yoʻlovchi qatnovlari uchun Qozogʻiston hududida qoʻshimcha 5 ta shahar (Qaragʻanda, Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Kokeshtau, Taraz) belgilash;
- Qozogʻiston aviakompaniyalari muntazam yoʻlovchi qatnovlari uchun Oʻzbekiston hududida qoʻshimcha 6 ta shahar (Qarshi, Fargʻona, Buxora, Andijon, Navoiy, Termiz) belgilash.