Diplomatik missiya maʼlumotiga koʻra, oʻzbekistonlik diplomatlar Oʻtror viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Serik Aydarbekov rahbarligida oʻtkazilgan bahorgi qishloq xoʻjaligi ishlariga tayyorgarlikka bagʻishlangan yigʻilishda ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimligining tarkibiy boʻlinmalari, migratsiya politsiyasi, chegara xizmati rahbarlari, tuman hokimlari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari qatnashdi.

Bosh konsulxona xodimlari Oʻzbekiston fuqarolarini vaqtincha ishga jalb etish tartibi haqida soʻzlab berdi. Ushbu jarayon respublikada Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan amalga oshirilishi taʼkidlandi.

Safar natijasida oʻzaro amaliy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlik oʻrnatish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.