Uchrashuv davomida Oʻzbekiston -Serbiya hamkorligining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika sohalarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo aylanmasini koʻpaytirish va ikki mamlakat oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha keyingi qadamlarini kelishib olishdi.
Ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy sohadagi shartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantirish maqsadidagi hamkorlik masalalari alohida muhokama qilindi. Tomonlar oʻzaro ragʻbatlantirish va investitsiyalarni himoya qilish, shuningdek, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish boʻyicha hukumatlararo bitimlar loyihasini tayyorlashni boshlashga kelishib olishdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qoʻshma ishlarni davom ettirishga kelishib olishdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.