“Dunyo“ AAʼning maʼlum qilishicha, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun, Somali Federativ Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 157-davlatga aylandi.