"Oʻzkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati axborot xizmatining maʼlum qilishicha, delegatsiya aʼzolari qatorida Rossiyadan 30 nafar tadbirkor ham qatnashdi.
Rossiya korxonalari Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati, jumladan, "Chirchiq" va "Jizzax" texnoparklarida ishlash imkoniyatlari bilan tanishadi. Biznes missiyasi dasturi texnoparklarga tashrif buyurish, biznes-forum va B2B uchrashuvlarini oʻtkazishni ham oʻz ichiga oladi.