Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Navroʻz bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.
Oliy darajada qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Faol siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini, jadal madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuv dasturlarini qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Mart oyi oxirida Tojikistonda boʻlajak uch tomonlama uchrashuvga hamda joriy yil aprel may oylarida mamlakatimizda oʻtadigan «Markaziy Osiyo plyus« formatidagi sammitlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.