O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdilar

    Siyosat 15 Noyabr 2025 1156

    Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

    Yetakchilar O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

    O‘zaro savdoni ko‘paytirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

    Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar va samarali hududlararo aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.