Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Uchrashuv davomida tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik hamkorligi tamoyillariga asoslangan tojik-o'zbek munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi. Ularni yanada rivojlantirish va kengaytirish yo'llari ko'rib chiqildi”, deyiladi bayonotda.

Tomonlar o'zaro savdo va investitsiya hamkorligining o'sishi ijobiy tendensiyasini ta'kidlashdi.

Shu nuqtai nazardan, Emomali Rahmon sanoat, energetika, transport, qishloq xo'jaligi va o'zaro manfaatli boshqa sohalarda ushbu jarayonni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga e'tibor qaratdi. Tomonlar madaniy va gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirishga qiziqish bildirishdi.

Tojikiston Prezidenti Dushanbeda bo'lib o'tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning samarali ishini ta'kidladi.

Tomonlar ikki tomonlama kun tartibining barcha spektrlari bo'yicha konstruktiv va ishonchli davlatlararo muloqotni davom ettirish muhimligini ta'kidlashdi. Shu nuqtai nazardan, asosiy e'tibor bo'lajak yuqori darajadagi uchrashuvlar va muzokaralarga yuqori sifatli tayyorgarlikni ta'minlashga qaratildi. Ular joriy yilda shunga o'xshash davlatlararo tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish jadvali bo'yicha fikr almashishdi, deb xabar berdi report.az.