Suhbatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil aprel oyida Tojikistonga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni atroflicha muhokama etildi.
Zarafshon daryosida gidroelektr stansiyasini qurish, shuningdek, Oʻzbekiston-Tojikiston qoʻshma investitsiyalar kompaniyasi faoliyatini yanada jadallashtirish masalalari alohida muhokama etildi. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun qator ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kelishib oldilar.
Muzokaralar yakunida muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni jadal amalga oshirish yuzasidan yaqindan hamkorlik qilish mexanizmi ishlab chiqildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.