"2021-yilda O'zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 8,3 milliard dollarni, shundan eksport hajmi 3,1 milliard, import hajmi 5,3 milliard dollarni tashkil etdi", degan vazir o'rinbosari jurnalistlar bilan muloqotda.
"Ta'kidlash kerakki, Evropa va Osiyo o'rtasidagi eng qisqa transkontinental yo'nalishlar turkiy davlatlar orqali o'tadi. Shuning uchun ularning birlashuvi va integratsiyalashuvi nafaqat tranzit yuk tashish hajmi oshishiga olib keladi, balki Evroosiyo qit'asining barcha mamlakatlari rivojlanishiga faol hissa qo'shadi",
Jasurbek Choriyevning jurnalistlarga ma'lumot berishicha, O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar portlaridan yuk tashishni tashkil etishda faol foydalanmoqda.
"Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilning 9 oyiga nisbatan O'zbekistonning Qozog'iston va Turkmaniston portlari ishtirokida yuk tashish hajmi ikki barobardan ko'proqqa, ya'ni 337 mingdan tonnadan 701 ming tonnaga oshgan", deya qayd etgan vazir o'rinbosari.