“Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (494-son, 18.08.2020 y) qabul qilindi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi kelishuvlarni oʻz vaqtida amaliy ijro etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Turkiya Respublikasi bilan koʻp qirrali xamkorlikni kengaytirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilib, quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:
- dasturga kiritilgan tadbirlar va loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- xar oyda masʼul ijrochilar rahbarlarining dasturda ularga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi xisobotlarini eshitish;
- ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha toʻsiqlarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish va aniq takliflar ishlab chikish.
Muvofiqlashtiruvchi kengash har oyda — xar kalendar oyining oʻninchi sanasiga kadar masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinayotgan choralarning natijadorligini koʻrsatgan holda dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi tanqidiy taxlilni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi.
Qaror bilan shuningdek, umumiy shtat birliklari doirasida Loyiha ofisi tashkil etilib, mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor tarmoqlarini isloh kilish, yangi yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha strategiyalarni ishlab chiqish ychun jalb qilinadigan turk ekspertlari bilan tizimli ishlashni tashkil etish, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ilgari surish uning asosiy vazifalari etib belgilanishi nazarda tutilgan.