Toshkent-Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni Qanot Sharq aviakompaniyasi bajaradi.

Qayd etilishicha, aviakompaniya 2023-yilning 20-avgust kunidan ushbu yoʻnalishda qatnovlarni  yoʻlga qoʻyadi.

Mazkur yoʻnalishdagi parvozlar Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Batafsil maʼlumotlarni aviakompaniya rasmiy veb-sayti hamda (71) 227-93-07 telefon raqami orqali olish mumkin.