Uchrashuvda Sukuba universiteti vitse-prezidenti Oneda Osamu, professorlar Usuyama Tosinobu, Temur Dadaboyev, Ono Masaki va maʼmuriy boshqaruv xodimlari qatnashdi.

Forumni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik, konseptual va boshqa masalalar muhokama qilindi. Jumladan, anjuman dasturiga O‘zbekiston va Yaponiya oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida Rektorlar forumi, O‘zbekiston va Yaponiya tadqiqotchilarining ilmiy forumi, O‘zbekiston va Yaponiya talabalari ishtirokida Akademik forum va O‘zbekiston madaniyat haftaligi kabi qator tadbirlarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlarini muhokama qilish bo‘yicha muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.