Tadbirda 150 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyalar majmuasining “Nefertiti” zalida Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi  oliy darajadagi tadbirni ochib berdi.

Ochilish yalpi majlisida qator jahon yetakchilari va nufuzli xalqaro arboblar, jumladan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, 2023 yildagi COP28 mezboni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid, Senegal Prezidenti, Afrika Ittifoqi Prezidenti Makki Sall, taniqli olimlar va jamoatchilik faollari so‘zga chiqdi.

Forumning birinchi kunida oltita davra suhbati o‘tkazildi.

Qayd etish joizki, 6-18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiya ishida 100 dan ortiq  davlat va hukumat rahbarlari, 197 mamlakatdan 60 mingga yaqin nufuzli shaxslar, olimlar, faollar  qatnashadi.