Oʻzbekiston Vengriya oʻrtasi yanada yaqinroq boʻladi

    Transport 20 Fevral 2025 1700

    Transport vaziri “Wizz Air” aviakompaniyasi bosh direktori hamda Vengriyaning Oʻzbekistondagi elchisi Yojef Roja bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Uchrashuvda “Yojef Varadi Wizz Air Abu-Dhabi” kompaniyasi Toshkent – Abu-Dabi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni koʻpaytirish, Namangan va Urganch shaharlari bilan aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdorligini, shuningdek, Oʻzbekiston hududida qoʻshma aviakompaniya tashkil etish istiqbollarini maʼlum qildi.

    Transport vaziri I.Mahkamov “Wizz Air” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish va joriy yil oxirigacha Toshkent – Budapesht – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam reysni tashkil etishni taklif qildi.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Malayziyaning “AirAsia X” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat olgandi.