Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haqida badiiy film suratga olinmoqda

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Abdulla Oripov” toʻliq metrajli badiiy filmining suratga olish jarayonlari boshlandi.

    Shoir va jamoat arbobi haqida toʻliq metrajli badiiy film yaratish gʻoyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan boʻlib, hozirda kinokartinaning syomka jarayonlari boshlangan. Film ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Muzaffar Erkinov.

    Ijodiy jamoa dastlab Qashqadaryo viloyatining Koson tumani, Nekoʻz qishlogʻiga tashrif buyurib, shoirning tahsil olgan maktabi, tugʻilib oʻsgan qishlogʻi bilan tanishib chiqishdi.

    Maʼlumot uchun, avvalroq Agentlik va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buyurtmasi bilan “SPECTRE” studiyasi tomonidan “Abdulla Oripov” hujjatli filmi suratga olingan.