Ulugʻ shoir haykali poyiga ehtirom ramzi sifatida gulchambarlar qoʻyildi, ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan ustozga bagʻishlov sheʼrlari oʻqildi. Tadbirda Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, Margʻilon shahar hokimi Adhamjon Ziyavitdinov, yozuvchi va shoirlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yosh shoirlarning joʻshqin xitoblari bogʻ uzra baralla jaranglab, koʻhna kentga tong nafasidek musaffo shukuh taratdi goʻyo. Ehtirom tadbiriga jam boʻlgan kattayu kichik oʻzgacha yorugʻ taassurot, qalblarda shoirning oʻlmas satrlari aks-sado berib tarqaldi.