Shukrullo Yusupov 1921-yilda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Pedagogika bilim yurti va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida tahsil olgan.
1951-yilda Oʻzbekiston davlat nashriyotida ishlab yurgan payt millatchilik va sovetlarga qarshi targʻibotda ayblanib, hibsga olinadi va 25 yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi. Jazoni Sibirdagi lagerlar oʻtagan Shukrullo shoʻrolar dohiysining oʻlimidan soʻng ozod etilgan va oqlangan.
Uning dastlabki sheʼriy toʻplami “Birinchi daftar” va “Qalb qoʻshiqlari” 1949-yilda nashr etilgan.
Oʻnlab sheʼriy va nasriy kitoblar, jumladan, Sibirdagi mehnat lagerida boshidan kechirganlari haqida hikoya qiluvchi “Kafansiz koʻmilganlar” hamda “Tirik ruhlar” roman-xronikasi muallifi.
Shoirning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Senzura yoʻqoldi, Xudoga shukur,
Lekin quvonmoqqa hali ertaroq.
Chunki quyosh chiqsa soya yoʻqolur,
Soya solgan asli qoladi biroq.
Sochilgan tasbehga oʻxshaydi hayot,
Hamma oʻziga xon, oʻz-oʻziga bek.
Goʻyo eshiklarga qulfu zanjir yot,
Ammo dard aytishga borar joying berk.
Aytgan gaplaringiz hammasi toʻgʻri,
Bundan odamlarga naf ham tegadi.
Gap shu yerda qolsin, menga achining,
Yuqoridan menga gap ham tegadi!..