Oʻzbekiston xitinshunoslari jamiyati tuzildi

    Oʻz FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tashabbusi bilan “Oʻzbekiston xitinshunoslari jamiyati” tuzildi va davlat roʻyxatiga olindi.

    Mazkur jamiyatning asosiy maqsadi tadqiqotlar ilmiy-texnikaviy darajasini, samaradorligini oshirish hamda xitin, xitozan va ularning hosilalari sohasidagi ishlanmalarni mamlakat iqtisodiyotining turdosh tarmoqlarida amaliy joriy etish.

    Ilmiy, davlat va tijorat tashkilotlarining bu boradagi qiziqishlarini ragʻbatlantirish, fundamental va amaliy ishlanmalarning muvofiqlashtirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor tadqiqot yoʻnalishlarini belgilash, xitin, xitozan va ularning hosilalarini tadqiq etish borasidagi muammolar boʻyicha maʼlumot toʻplash, umumlashtirish va yoʻnaltirishdan iborat.