Tomonlar oliy darajadagi muzokaralar chogʻida, jumladan, Xitoy Raisi Si Szinpinning 2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Tinchlik va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston va Xitoy pozitsiyalari mushtarakligi, shuningdek, ikki davlatning BMT, SHHT va boshqa xalqaro institutlar doirasida yaqin hamkorlik qilishda qatʼiyligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda joriy yilda ikki va koʻp tomonlama shakllarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlarning tashkiliy va mazmuniy jihatlari ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.