Yigʻilishda XAEA tomoni vakillari hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sardor Yoqubbekov rahbarligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston tomonidan mamlakatda yadro energetikasi sohasini rivojlantirishga qaratilgan milliy strategiya, amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar va kadrlar salohiyatini yuksaltirishga oid Milliy harakat rejasi yuzasidan taqdimot qilindi.

Yigʻilish ishtirokchisi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyevning OʻzAga maʼlum qilishicha, taqdimot chogʻida qonunchilik bazasi, jamoatchilikni xabardor qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari haqida atroflicha axborot berildi.

– XAEA mutaxassislari Oʻzbekiston bilan amaliy hamkorlik yoʻnalishlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi. Jumladan, texnikaviy koʻmak, ekspert maslahatlari, tahlillar va taʼlim dasturlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2022-2023-yillarda amalga oshirilgan ishlarning natijalari sarhisob qilinib, keyingi yillardagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birga, kadrlar tayyorlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va yadroviy favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrish kabi muhim yoʻnalishlarda tajriba almashishga kelishildi. Bu kabi hamkorlik tomonlarning ushbu yoʻnalishda yaxshi natijalarga erishish ikonini beradi, – dedi B.Berdiyev.

Yigʻilish 6-may kuni ham oʻz ishini davom ettiradi.