Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar oyida qiymati 1,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 174,3 ming AQSH dollariga koʻp.

2021-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston chet davlatlar, jumladan, Qirgʻiziston – 689,7 ming, Ozarbayjon – 598,6 ming, Afgʻoniston – 490,1 ming, Rossiya – 260,9 ming, Qozogʻiston – 242,7 ming, AQSH – 60,3 ming, Tojikiston – 53,7 ming, Xitoy – 18,9 ming, Koreya – 10,6 ming AQSH dollariga teng gilam eksport qilgan.

2021-yilning yanvar oyida 2020-yilning mos davriga nisbatan Oʻzbekistonning Xitoyga gilam eksporti 103,7 ming AQSH dollariga kamaygan.