Hujjat loyihasiga koʻra, qarz mablagʻlari quyidagi moliyalashtirish shartlarida jalb etilishi koʻzda tutilgan:

  • “Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasi boʻyicha – 15,0 mlrd. yapon yenasi miqdoridagi mablagʻlarni 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 0,01 foizda;
  • “Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi boʻyicha – 195,0 mln. AQSH dollar miqdoridagi mablagʻ 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR +1,1 foizda.

YAXHA qarz mablagʻlari Oʻzbekistonga respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi maʼlum qilingan.

Loyihani muhokama qilish 20-martgacha davom etadi.