Tashrif davomida Seul, Tejong, Kvanju, Chonan shaharlaridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek Janubiy Koreyada turli sohalarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan sayyor qabullar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi qabul qilinganining 31 yilligi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish, Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasidagi keng qamrovli islohotlar, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berish, yosh vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va fikr almashish, ularning muammolarini oʻrganib, hal etish ham koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi yangi vakilini saylash, hududlarda uning muvofiqlashtiruvchilarini tayinlash masalasi ham tashrif dasturidan joy olgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.