WADA tomonidan 206 ta davlatdagi Milliy antidoping tashkilotlar faoliyati 4 guruhga bo‘lingan holda yuqori (1-o‘rin), yaxshi (2-o‘rin), qoniqarli (3-o‘rin) hamda qoniqarsiz (4-o‘rin) tarzida baholab boriladi.
O‘zbekiston bu guruhlardan antidoping sohasida yosh mamlakat bo‘lishiga qaramay 1-guruh, ya’ni faoliyati yuzasidan yuqori natijalar qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu guruhda MDH mamlakatlaridan O‘zbekiston, Belorussiya, Rossiya va Qozog‘iston joy olgan bo‘lsa, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston 2-guruhdan, Tojikiston, Turkmaniston va Moldova 3-guruhdan joy olgan.
Shu o‘rinda qanday sabablar asosida davlatlar bu guruhlarga bo‘linadi, degan savol yuzaga keladi. Butunjahon antidoping agentligi Kodeksi talablarini o‘z vaqtida bajarish, ya’ni sportchi, shifokor va murabbiylarning antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, doping sinamasi olish va ular natijasi (ijobiy natijalar kamligi inobatga olinadi) hamda Xalqaro toifadagi doping ofitser va surushtiruv-ofitserlari mavjudligi va eng asosiysi muvofiqlik darajasi berilishiga qarab bo‘linadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping Kodeksining muvofiqlik nazoratidan 2023-yil II choragida muvaffaqiyatli o‘tgan Milliy antidoping agentligidir.
Butunjahon antidoping agentligi tomonidan nomuvofiq deb topilgan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi. Bu sanksiyalar Kodeks talablarini to‘liq, qisman yoki umuman talabga mos kelmaslik turlariga qarab sanksiyalar turlicha bo‘ladi. Misol uchun, mamlakat nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaslik, ishtirok etgan taqdirda mamlakat bayrog‘i ko‘tarilmasligi kabi jazo turlariga bo‘linadi.