Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, hozirda qoʻriqxona hududida rezident (mahalliy) va qishki janubga koʻchish paytida chegara devoridagi oʻtish joylari orqali Qozogʻistondan kirib kelishi mumkin boʻlganlar bilan birgalikda 100 ga yaqin saygʻoq yashaydi. Maʼlumot oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, saygʻoq Qizil kitobga kiritilgan va u butunlay yoʻqolib ketish arafasida turgan juda noyob tur hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: 2012-yilning aprel oyida ushbu metod orqali sanoq oʻtkazilganda oʻrganilayotgan hududdagi saygʻoqlarning maksimal soni qayd etilgan va 525 tani tashkil etgan. 2021-yilda 10 nusxagacha boʻlgan hayvonlar kichik guruhlarining yangi izlari qayd etildi. Shuningdek, qish mavsumida kompleks boʻylab joylashtirilgan fotoqopqonlarda bir necha bor qayd etilgan.