Davlat statistika qoʻmitasi uy xoʻjaliklari tanlama kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2021-yilning yanvar-avgust holatiga 16 yoshgacha bolalari mavjud boʻlgan uy xoʻjaliklari 76,2 foizni tashkil etdi.
Shundan:
- bir bolalilar - 24,1 foiz;
- ikki bolalilar - 25,8 foiz;
- uch bolalilar - 18,3 foiz;
- toʻrt va undan koʻp bolalilar 7,9 foiz.
Kuzatuv natijalariga koʻra, 23,8 foiz uy xoʻjaliklarida 16 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud emas.