FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, zilzila bugun, 23-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:28 da (Grinvich boʻyicha 22-noyabr soat 23:28) da roʻy bergan.

Yer osti silkinishining magnitudasi — 3,4 ballni tashkil etgan. Chuqurlik 15 kilometr boʻlib, zilzila epitsentri Toshkentdan 440 kilometr janubi-gʻarbda kuzatilgan.

Zilzila Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida sezilgan.