7 oyda qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilgani maʼlum boʻldi

    Respublikamizda 7 oyda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 mlrd kVt soat yoki 4,7 foiz koʻp.

    Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning yanvar iyul oylarida respublikamizda jami 47,8 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 mlrd kVt soat yoki 4,7 foiz koʻp demakdir.

    Shuningdek, respublika isteʼmolchilariga shu vaqt mobaynida 39,8 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Mazkur koʻrsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 629,6 mln kVt soat yoki 1,6 foiz koʻp.