Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji "nol" stavkada qo‘llaniladigan ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida:

  • kastor yog‘i va uning fraksiyalari;
    • asbest;
    • natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
    • karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
    • o‘simlik yoki chorvadan olinadigan bo‘yovchi moddalar;
    • keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga o‘xshash preparatlar;
    • to‘qimachilik bo‘yog‘i;
    • sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud bo‘lmagan tozalash vositalari;
    • moylash materiallari hamda to‘qimachilik matolari, charm, mo‘yna yoki boshqa materiallarga yog‘ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
    • sun’iy mum;
    • tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
    • fermentlar, fermentli preparatlar;
    • to‘qimachilik tarmog‘ida qo‘llaniladigan pardozlash vositalari, bo‘yashni tezlashtirish yoki bo‘yoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
    • sun’iy mo‘yna;
    • yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yog‘ochdan shunga o‘xshash materialla;
    • filtr qog‘oz va karton;
    • apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
    • zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
    • kompleks sintetik va sun’iy iplardan to‘qilgan gazlamalar;
    • kimyoviy iplardan va boshqa to‘qimachilik materiallaridan to‘qilgan to‘rlar.