Bu haqda “Oʻzatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat Oʻzbekiston Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori oʻrinbosari — Xalqaro faoliyat bloki direktori Nikolay Spasskiy ishtirokida imzolandi.
“Bugungi imzolangan hujjat Oʻzbekistonda birinchi kam quvvatli AES qurilish loyihasini amalga oshirish boʻyicha faol ishlarni boshlashga qadam tashlaganimiz dalolatidir, bu esa yaqin kelajakda qurilish maydonchasida toʻgʻridan-toʻgʻri ishlarni boshlash imkonini beradi”, — dedi Otabek Amanov.
“Bugun imzolangan bayonnoma tomonlarning normativ va moliyaviy majburiyatlari nuqtayi nazaridan ustuvor shartlarning bajarilishini belgilab beradi. «Rosatom”ning muhandislik boʻlimi KQAESni joylashtirish uchun litsenziya olish va qurilish maydonchasida qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha faol bosqichga oʻtishni boshlaydi», — deya maʼlum qildi ASE OAJ Markaziy Osiyoda atom elektr stansiyalarini qurish loyihalari direktori Pavel Bezrukov.
AES loyihasi boʻyicha dastlabki ishlar iyun oyida boshlangan, unda boʻlajak atom elektr stansiyasi qad rostlaydigan maydonda birinchi qurilish shtabi joylashtirilib, rejalashtirilgan muddatda ishlarni boshlash imkonini beradigan ustuvor vazifalar belgilab olingan. Avgust oyining oxirida atom elektr stansiyasi quruvchilari uchun vaxta shaharchasini yaratish ishlari boshlandi.
Bu atom elektr stansiyasi faoliyat yuritayotgan hududni anʼanaviy kompleks rivojlantirish yoʻlidagi birinchi qadamdir — hududda madaniy-maʼrifiy loyihalar, tibbiyot tashkilotlari paydo boʻladi, aholi yashash punktlari odamlarni yashashga, sanoat korxonalari va tijorat tashkilotlarini esa mehnatga jalb qilishi kutilmoqda, deya taʼkidlamoqda “Oʻzatom” agentligi.