Oʻzbekiston – Xalq taʼlimi vaziriligining Xalqaro grantlar va loyihalar boʻyicha vazir maslahatchisi Ulugʻbek Qosimxoʻjayev va Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasining madaniyat va taʼlim masalalari boʻyicha maslahatchisi Joanne Kramb “English Speaking Nation: English Summer Excellence Training” (ESN: ESET) dasturining bir qismi sifatida Oʻzbekistonga 25 nafar amerikalik ingliz tili oʻrgatuvchi mutaxassisni iliq kutib oldi. Ushbu 25 nafar ingliz tili oʻqitish boʻyicha ekspert Oʻzbekistondagi 420 nafardan ortiq oʻrta maktab ingliz tili oʻqituvchisi uchun moʻljallangan 108 soatlik ingliz tili mashgʻulotlarini oʻtkazishda 7 nafar mahalliy biriktirilgan amerikalik oʻqituvchi-murabbiy safiga qoʻshiladi. 18 kunlik treningdan maqsad oʻzbekistonlik ingliz tili oʻqituvchilariga ingliz tilida gapirish, yozish, tinglash va taqdimot koʻnikmalarini takomillashtirishda yordam berishdan iborat.

25 nafar ingliz tili oʻqitish mutaxassisi yurtimizning yettita viloyat – Andijon, Namangan, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro va Urganch shaharlarida 1–22-avgust kunlari mahalliy davlat maktablari va malaka oshirish markazlarida mashgʻulotlar olib boradi. Treninglar davomida umumiy ingliz tilini kundalik faoliyatda, shuningdek, sinf oʻqituvchilari va oʻquvchilari bilan muloqotda ishlatishga eʼtibor qaratiladi. Ingliz tili oʻqitish boʻyicha ekspertlar 15 kishidan iborat boʻlgan oʻqituvchilar guruhlariga taʼlim beradi va bu toʻgʻridan-toʻgʻri ingliz tili ona tili boʻlgan ekspertlar bilan aloqaga kirishishga imkon yaratib beradi. Umumiy ingliz tili va sinfdagi amaliyotdan tashqari, ESN: ESET dasturi oʻquvchilarga faqat ingliz tilida darslar oʻtish va murakkablashtirilgan mikro-oʻquv sessiyalarida faqat ingliz tilida taqdimotlar oʻtkazishga yordam beradi. Bundan tashqari, dastur davomida toʻgʻridan-toʻgʻri amaliyotga, umumiy taqdimotlar va oʻz sheriklarining bilimlarini tahlil qilishga urgʻu berilganligi, ularni kelajakda tegishli sinf xonalariga olib kelishi mumkin boʻlgan vositalar bilan jihozlaydi.

“The English Speaking Nation: Summer Excellence Training” (ESN: ESET) – bu “English-Speaking Nation: Secondary Teacher Training Program (ESN: STT)”

nomli Oʻzbekiston ingliz tili oʻqituvchilarining sinfxona ingliz tili darajasini va ingliz tili oʻquv koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan umummilliy tashabbusning bir qismi hisoblanadi. Bosqichma-bosqich struktura orqali, dastur uch yil mobaynida Oʻzbekistonda 15 000 nafar ingliz tili oʻqituvchisini qamrab olishni maqsad qilgan. “The English Speaking Nation” – AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasining Davlat ishlari qoʻmitasi va Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi oʻrtasida taʼlim islohotini amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik dasturi hisoblanadi. Xalqaro taʼlim sohasidagi nodavlat notijorat tashkiloti – Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari, “The English Speaking Nation” dasturi uchun amalga oshiruvchi hamkori boʻlib xizmat qiladi, deb xabar beradi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.