Bu haqda Ekologiya vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, qonunchilikka muvofiq, har yili 1-martdan 15-avgustga qadar ov qilish qatʼiyan taʼqiqlanadi.

Qolgan qushlar va yovvoyi hayvon turlariga ruxsatnoma muddatlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 627-sonli qonuni 2-ilovasidan bilib olish mumkin.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi barcha ovchilarni belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etishga chaqirdi.

Mavsum davomida quyidagi qoidalarga eʼtibor qaratilishi va amal qilinishi lozim:

  • Ov faqat ruxsatnoma va ovchilik yoʻllanmasi asosida amalga oshiriladi;
  • Qonunga xilof ravishda ov qilish, ruxsat etilmagan hududlarda yoki belgilangan miqdordan ortiqcha hayvon va qushlarni ovlash qatʼiyan man etiladi;
  • Ov jarayonida xavfsizlik choralariga, ayniqsa, qurol va oʻq-dorilardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi lozim;
  • Atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, chiqindilarni tashlamaslik va tabiatni asrash har bir ovchining burchidir.