Taʼkidlanishicha, Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti, BAA Milliy meteorologiya markazi bosh direktori doktor Abdulloh Al Mandus Janobi Oliylari bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan.
Uchrashuvda BAAda ishlab chiqilgan ilgʻor texnologiyalar va yangi metodologiyalar, jumladan, yomgʻir hosil qilish usuli bilan tanishilgan va ularning tajribasini Oʻzbekistonda, ayniqsa, Orolboʻyi mintaqasida joriy etish istiqbollarini muhokama qilingan.