Oʻzbekistonda Belarus traktorlarini yigʻish yoʻlga qoʻyiladi

    “Minskiy motorniy zavod” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Planeta Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekistonda dizel-generatorlar va kompressor stansiyalarini yigʻishni tashkil etishga qaratilgan yangi loyiha boʻyicha kelishuvga erishdi.

    Bu borada “Belarus” rusumli qishloq xoʻjaligi texnikasini yigʻishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha litsenziya shartnomalari imzolandi, deb xabar beradi OʻzA “Belta” axborot agentligiga tayanib.

    Kelgusida kompaniyalar Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi traktorlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda. 2023-yilda Minsk motor zavodi mamlakatimizga traktor eksportini 2022-yilga nisbatan 1,6 barobar oshirgan.

    Oʻzbekistonda quriladigan yigʻish sexi nafaqat yangi ish oʻrinlari yaratadi, balki mamlakatimizga texnologiyalar import qilinishiga ham hissa qoʻshadi.