Markaz matbuot xizmati xabarida taʼkidlanishicha, ushbu amaliyot mamlakatimizda ortopedik jarrohlik sohasidagi yangi bosqichni boshlab berdi va tibbiyot tarixida muhim yutuq sifatida qayd etildi.

Amaliyot davomida ortoped-jarrohlar suyakning qon bilan taʼminlanishini tiklab, nekroz jarayonining oldini olishga muvaffaq boʻldi. Bu usul bemor sogʻligʻi tiklanishida va sogʻlom hayotga qaytishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Operatsiya natijasida bemor sogʻligʻi tezda barqarorlashdi va uning harakatlanish imkoniyatlari qayta tiklandi, – deydi Markaz matbuot xizmati rahbari Zulayho Musurmonova. – Mazkur jarrohlik amaliyoti mamlakatimizda ortopedik jarrohlik sohasining rivojlanishini koʻrsatadi va kelgusida yanada murakkab tibbiy amaliyotlarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.