Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisining maishiy chiqindilari uchun moʻljallangan Ohangarondagi chiqindi poligonini qurish qiymati 16 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi “Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan ishlash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Osiyo Taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy maydoni 30 gektar, poligonning oʻzi esa 25 gektarni tashkil etadi.

Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish boʻyicha “Maxsustrans” filiali rahbari Rafayel Bekmullinning soʻzlariga koʻra, poligon mutlaqo yangi texnologiya asosida ishlaydi.

“Poligonning butun hududi geotekstil, geogrid va boshqa geomateriallardan iborat maxsus material bilan qoplanadi. Pastki qismi doimiy muhrlangan havza boʻlib, yer osti suvlari va atmosferaga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.

Maxsus materiallardan tashqari, bu yerda biz chiqindidan suv chiqaradigan quvurlarni yotqizamiz. Shuningdek, gaz va metanni quyish uchun quvurlar oʻrnatamiz, bu esa kelajakda metan va elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi”, — dedi R.Bekmullin.

Poligon 15-20 yilga moʻljallangan boʻlib, 20 million tonnaga yaqin chiqindini sigʻdira oladi. Uning qurilishi joriy yilning noyabr oyigacha yakunlanadi.