Tabiiy savol tugʻiladi. Rasman roʻyxatdan oʻtkazilishi Margʻilon va Qoʻqon uchun, qolaversa, shu hududdagi tadbirkorlar uchun nima beradi? Uning qanday ahamiyati bor?
Margʻilon atlas, adras va Qoʻqon pichoqlari mahalliy bozorda, chet elga eksport qilishda mahsulotlarning sifatini, sotuv barqarorligini taʼminlaydi. Roʻyxatdan oʻtgan nomlardan ruxsatsiz foydalanayotgan yoki kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarganlarga qarshi choralar koʻrish imkonini beradi.
Umuman olganda, roʻyxatdan oʻtganlik raqobatda va ishlab chiqarishda ustunlik beradi. Kengroq eksport imkoniyatlari hamda brendni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Agar ushbu mahsulotlar roʻyxatdan oʻtmasa davlat himoyasida boʻlmaydi va uning kontrafakt nusxalariga qarshi kurashilmaydi.