Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Buxoro va Navoiyda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baland togʻlarda (2500 m dan yuqorida) yomgʻir qorga aylaishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 13-18° boʻladi.