Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana koʻtarildi

    Raqamlashtirish 29 Iyun 2020 1935

    2020-yil iyunning ikkinchi yarmi holatiga koʻra “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global surʼatiga taʼsiriʼʼni eʼlon qildi. Buning natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda Internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) koʻtarilgan.

    Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida iyun holatiga koʻra internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo boʻylab 8 foizga koʻtarilgan.

    Oʻzbekistonda internet tezligi esa, 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa 16 foizga koʻtarilgan.

    Oʻzbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi boʻyicha ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga koʻra internet tezligi qariyb 2,3 barobar oʻsgan. 2019 yil mart holatiga koʻra 11,62 Mbit/s. boʻlgan boʻlsa, 2020-yil 1-iyun holatiga koʻra 26,77 Mbit/s. ni tashkil etdi. 2020-yil 15-iyun holatiga koʻra esa Oʻzbekistonda internet tezligi 27,59 Mbit/s.gacha koʻtarildi.

    Manba: Axborot xizmati