Maʼlum qilinishicha, soʻnggi yillarda tamaki va nikotin mahsulotlarining “zamonaviy” va “innovatsion” turlari, xususan, nikotinni yetkazib berish moslamalari, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar hamda qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining mamlakatimizga qonunga xilof ravishda olib kirish holatlari va aylanmasi ortib bormoqda. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar orasida isteʼmol qilish holatlari koʻpaydi.
Ushbu qonun loyihasi bilan respublika hududida ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, oʻtkazish maqsadida ularni saqlash, tashish yoki oʻtkazish taqiqlanmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga nisbatan taʼsirchan chora sifatida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanishini nazarda tutilyapti.