Tarqalayotgan xabarlarga OʼzLiDeP matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Partiya 2024-yil byudjetida mashina xarid qilishni koʻzda tutmaganini va joriy yilda birorta ham avtomashina xarid qilmasligini maʼlum qildi

Partiyaning taʼkidlashicha, 2024-yil uchun tasdiqlangan byudjetida xizmat avtotransport vositalarini xarid qilish uchun mablagʻ ajratilmagan.

Partiya 2024-yilda birorta ham avtotransport vositalarini sotib olmasligini va tarqalayotgan xabarlar hech qanday asosga ega emasligini maʼlum qildi.